1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda Telegramning yangi ofisi ochildi

Qozog‘iston va Telegram ta’lim va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi.

Qozog‘istonda Telegramning yangi ofisi ochildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Telegram messenjeri asoschisi va tadbirkor Pavel Durov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muloqot chog‘ida ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari Telegramning Qozog‘istonning raqamli kun tartibini ilgari surishdagi o‘rni va hissasini yuksak baholadi.

 

Tokayev ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya rasman Astana Hubga aʼzo bo‘lib, Qozog‘istonda o‘z ofisini ochgan va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirgan.

 

Uchrashuv Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Durov Telegramning Qozog‘istonda sun’iy intellekt sohasida yangi laboratoriya tashkil etishini e’lon qildi.

 

Shuningdek, Pavel Durov sentyabr oyida Qozog‘istonga qilgan tashrifi chog‘ida o‘zi homiylik qilayotgan IQanat maktabida bo‘lib, qishloq maktab o‘quvchilari bilan uchrashgan, dasturlashdagi ilk tajribalari haqida so‘zlab bergan hamda talabalar bilan muloqot qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика