2–15 oktyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida 325 mm diametrli va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan ko‘cha vaqtincha yopiladi. Bu haqida Veolia Energy Tashkent maʼlum qildi.
Shu sababli quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakat yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritildi:
— 61-yo‘nalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
— 106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
— 40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
— 66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
— 52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.
Yo‘lovchilardan vaqtinchalik o‘zgarishlarni hisobga olib, safarlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, taʼmirlash ishlari davomida yo‘llarda tirbandlik kuzatilishi ehtimoli yuqori. Shu bois avtobus harakatida qo‘shimcha o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkin.


