1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya va Ukraina “185 ga 185” formulasi asosida asirlarni almashdi

Belarus hududida amalga oshirilgan almashinuvda ikki tomon asirlarini va tinch fuqarolarni qaytardi.

Rossiya va Ukraina “185 ga 185” formulasi asosida asirlarni almashdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Tomonlar “185 ga 185” formulasi asosida harbiy xizmatchilarni qaytarishga kelishib oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina nazoratidagi hududlardan 185 nafar rossiyalik harbiy qaytarildi, shuningdek, 20 nafar tinch aholi ham Rossiya tomoniga topshirildi.

 

Almashinuv doirasida Ukraina ham 185 nafar o‘z harbiysini qaytarib oldi. Qaytarilgan barcha rossiyaliklar Belarus hududiga yetkazilib, ularga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda. Keyinchalik ular Rossiyadagi tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya jarayonini davom ettiradi.

 

Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi so‘nggi yirik asirlar almashinuvi 24-avgust kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha safar 146 nafar harbiy ikki tomonlama qaytarilgan. Shuningdek, fuqarolik shaxslarining topshirilishi va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish ham amalga oshirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика