1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erdo‘g‘an Isroilning “Sumud flotili”ga hujumini qoraladi

Prezident Turkiya Falastin xalqini hech qachon yolg‘iz qoldirmasligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an Isroilning “Sumud flotili”ga hujumini qoraladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AK partiyaning Kengaytirilgan viloyat rahbarlari yig‘ilishida nutq so‘zlab, Isroilning insonparvarlik yordami yetkazish uchun yo‘lga chiqqan “Sumud flotili”ga hujumini keskin qoraladi.

 

Davlat rahbari G‘azoda bolalar ochlikdan o‘layotgan bir paytda xalqaro flotiliyaga nisbatan bosqinchilik amalga oshirilganini “insoniyatga qarshi vahshiylik” deb atadi.

 

“Sumud flotili yana bir bor butun dunyoga G‘azodagi genotsid siyosatini va Isroilning qirg‘inbarotchi yuzini ko‘rsatdi. Netanyahu hukumati tinchlikning qaror topishiga ham, hatto bunday imkoniyatning paydo bo‘lishiga ham toqat qilolmasligini isbotladi”, — dedi Prezident.

 

Erdo‘g‘an Turkiya falastinlik birodarlarini hech qachon yolg‘iz qoldirmasligini, o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikni ta’minlash uchun bor kuchini safarbar qilishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Prezident mutasaddi idoralar vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani, flotiliya safarida bo‘lgan Turkiya fuqarolarining xavfsizligi uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика