1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

40 ga yaqin maktab faoliyati to‘xtagan, o‘qituvchilarning 27 foizi namoyishlarda ishtirok etmoqda.

Fransiyada ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Fransiyada hukumat tomonidan ilgari surilgan tejamkorlik choralari va davlat byudjeti loyihasiga qarshi mamlakat miqyosida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

 

Kasaba uyushmalari ma’lumotiga ko‘ra, butun Fransiya bo‘ylab 250 ga yaqin namoyish o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda qariyb 350 ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Bruno Retailloning bayonotiga ko‘ra, jamoat tartibini ta’minlash maqsadida 76 ming nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari safarbar etilgan.

 

Norozilik namoyishlari allaqachon Marsel, Nant, Bordo va Ajachoda boshlangan. Lion, Brest, Renn, Monpelye, Strasburg, Dijon va Lill shaharlarida ham namoyishlar tashkil etilishi kutilmoqda. Eng yirik marsh Parijda bo‘lib o‘tadi, unda 20 mingdan 40 minggacha fuqaro qatnashishi taxmin qilinmoqda.

 

Namoyishlar jamoat transporti tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, Parij va uning atrofidagi bir nechta metro bekatlari yopildi, poyezd va tramvay qatnovida uzilishlar kuzatilmoqda. Janubiy hududlarda esa avtobus deposi faoliyati to‘xtagan.

 

Shuningdek, namoyishchilar mamlakatning turli hududlaridagi yirik sanoat korxonalarini to‘sib qo‘ydi. Jumladan, Stellantis avtomobil zavodi, Michelin shinalar ishlab chiqarish korxonasi, Tuluza shahridagi mudofaa va texnologiya ishlab chiquvchi Thales kompaniyasi hamda Parij chekkasidagi ushbu kompaniya bosh ofisiga kirish yo‘llari yopildi.

 

Noroziliklar ta’lim sohasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. BFMTV ma’lumotiga ko‘ra, yettita maktabga kirish cheklangan, yana 40 ga yaqin o‘quv muassasasi faoliyati to‘xtatilgan. Kasaba uyushmalarining ta’kidlashicha, o‘qituvchilarning 27 foizi namoyishlarga qo‘shilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика