1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

U bevosita Yerning geomagnit muhitiga taʼsir qiladi.

Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

Quyoshda katta toj teshigi shakllanmoqda va kelgusi hafta boshida Yerning geomagnit muhitida buzilish kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari instituti maʼlum qildi.

 

“Toj teshigi Quyoshning Yerga qaragan tomonida o‘sib bormoqda. So‘nggi 24 soat ichida uning maydoni va hajmi taxminan 50 foizga kattalashdi”, deyiladi hisobotda.

 

Teshik hududida quyosh shamolining tezlashtirilgan oqimi kutilmoqda, bu esa Yerning geomagnit muhitining buzilishiga olib keladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerni so‘nggi ikki oyda eng kuchli magnit bo‘ronlari qamrab olgani haqida xabar berilgandi. Rossiya Fanlar akademiyasi magnit faolligi uch balldan oshib ketganda, ob-havoga sezgir odamlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishi tezlashishi, zaiflik kuchayishi va hatto hushidan ketish holatlari kuzatilishi mumkinligini eslatgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика