1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Raʼno Shodiyevaning hayotida moʻjiza yuz berdi

U bu haqda Instagram sahifasida maʼlum qildi.

Raʼno Shodiyevaning hayotida moʻjiza yuz berdi

 

Kecha aktrisa Instagram sahifasida obunachilariga Ramazon oyida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy holat haqida gapirdi.

 

Shodiyevaning so‘zlariga ko‘ra, uning kelini farzandining bog‘chadagi bayrami uchun pishiriq tayyorlayotganda unda arabcha yozuv paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng uning rasmi arab tili o‘qituvchisiga yuborilgan, tarjimasi esa “Alloh” so‘zi bo‘lib chiqqan.

 

"Bunday holatlarni internetda ko‘p ko‘rardim. Ayni shu holat mening hayotimda ham yuz berdi, bu moʻjiza, men shokdaman. Alloh buyuk", deydi aktrisa.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raʼno Shodiyeva uzoq yillik tanaffusdan so‘ng kinoga qaytayotgani va yangi serialda suratga tushayotgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика