Unda aytilshicha, endi "Renault" "Roodell" bilan hamkorlikda avtomobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Brendning mamlakatdagi filiali uzoq muddatli mahalliy avtomobillarni yig‘ish loyihasi va dilerlar tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi.
“O‘zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqasining tez rivojlanayotgan bozori, bu yerda yangi mashinalarga qiziqish tobora ortib bormoqda. Ishonchimiz komilki, o‘zbekistonlik xaridorlar Renault avtomobillarini, ularning ajoyib dizayni, zamonaviy texnologiyalari va yuqori darajadagi qulayliklarini qadrlashadi”, - deya izoh bergan Renault kompaniyasining Rossiya va MDHdagi bosh direktori Yan Ptachek.
Tashkilot o‘zbek bozorida ilgari Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida namoyon qilgan avto modellarini taqdim etadi.
O‘zbekistonda“Renault” dilerlar tarmog‘ining rivojlanishi bozor talablariga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Toshkentda uning avtomobillariga taalluqli savdo va servisi bilan shug‘ullanadigan ikkita dilerlik markazi tashkil etiladi.
Maʼlumot uchun: “Roodell” va “Renault” AvtoVAZ guruhining hamkori hisoblanadi.
Bundan avval O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani, “UzAuto Motors” yangi “Chevrolet Captiva” hamda “Kia Uzbekistan” “K8” sedanini sotishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


