1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiya “Eurovision” — 2022”da ishtirok etmaydi

Ushbu cheklov rossiyalik xonandalar bilan bir qatorda musiqiy guruhlarga ham tegishli.

Rossiya “Eurovision” — 2022”da ishtirok etmaydi

 

“Eurovision” tashkilotchilari Rossiya nomzodlari bu yilgi tanlovda ishtirok etmasliklarini maʼlum qilishdi.

 

“Ukrainadagi misli ko‘rilmagan inqirozdan kelib chiqib, bu yili rossiyalik nomzodlarning ishtiroki tanlovning obro‘siga putur yetkazishidan xavotirdamiz”, deyiladi tashkilotchilar tomonidan berilgan rasmiy bayonotda.

 

 

Rossiyaning tanlovdagi ishtirokini cheklash taklifi Finlandiyaning “Yle” teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Shuningdek, finlandiyalik ijodkorlar agar tanlovda Rossiya nomzodi qatnashadigan bo‘lsa, Finlandiya ishtirok etishdan bosh tortishini maʼlum qilgan.

Estoniyaning “ERR” milliy teleradiokompaniyasi ham aynan mana shunday pozitsiyada ekanligini bildirgan.

“Eurovision” tanlovi 1956-yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. 2015 yilda ishtirokchilar ro‘yxatiga Avstraliya ham qo‘shilgan. 2022-yilda tanlovning final bosqichi Turin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика