Ukraina o‘z portlariga Rossiya kemalarining kirishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Oliy Rada saytida maʼlum qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan qonunga ko‘ra, mamlakat ichki suvlariga Rossiya kemalari kirishi butunlay taqiqlandi. Unga ko‘ra, Moskva endilikda Ukraina daryo portlari orqali xalqaro yo‘lovchi va yuk tashish reyslarini amalga oshira olmaydi. Qonunda Rossiya “agressor-davlat” deb ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga Rossiya fuqarolariga tegishli har qanday kemalarni Ukraina hududida ro‘yxatga olish ham man etildi.
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yildan keyin keskin sovuqlashdi.
Avvalroq G7 davlatlari Ukraina masalasida Rossiyani jiddiy ogohlantirgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


