1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya va Ukraina tanklari soni tenglashdi

Shuningdek, urush davomida Ukraina artilleriya va ko‘plab raketa tizimlari bo‘yicha Rossiya bilan farqni yo‘qotishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya va Ukraina tanklari soni tenglashdi

 

Rossiya va Ukraina tanklari soni bo‘yicha tenglashdi, deb yozadi Bloomberg Kil Jahon iqtisodiyoti instituti va Oryx tahliliy loyihasi maʼlumotlariga tayanib.

 

Institutning «Ukraine Support Tracker» maʼlumotlar bazasiga ko‘ra, Rossiya 3500 ga yaqin tank bilan Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqinni boshlagan, ammo urushning 16 oyi davomida Oryx maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya ikki mingdan ortiq og‘ir texnikasidan ayrilgan (Ukraina qurolli kuchlari 545 ta tankni o‘lja qilib olgan).

 

Qayd etilishicha, Rossiya bosqini boshlangan paytida Ukrainada mingga yaqin tank bo‘lgan. Oryx maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina urush paytida 550 dan ortiq tankni yo‘qotgan, ammo ular bu yo‘qotishlarni, qo‘lga olingan rus tanklari, shuningdek, G‘arb davlatlaridan yetkazib berilgan tanklar hisobiga qoplashga muvaffaq bo‘lingan. Xususan, Kil instituti maʼlumotlariga ko‘ra, bosqin boshlangandan beri Kiyevga 471 ta tank topshirilgan, yana 286 tasi Ukrainaga keyinroq yetib keladi.

 

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda mojaro ishtirokchilarining har birining ixtiyorida bir yarim mingga yaqin tank bor.

 

Shuningdek, urush davomida Ukraina artilleriya va ko‘plab raketa tizimlari bo‘yicha Rossiya bilan farqni yo‘qotishga ham muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Rossiya hozirda 1900 og‘ir artilleriya va 841 MRLS tizimiga ega, Ukrainada esa mos ravishda 1100 va 427 ta.

 

Блоомберг agentligi Kil instituti va Орйх loyihasi maʼlumotlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozimligini qayd etgan, chunki bu maʼlumotlar faqat ochiq manbalardan yig‘ilgan, tomonlarning hech biri o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida rasman maʼlumot bermaydi. Bundan tashqari, urush davrida Rossiya qancha texnika va qurol ishlab chiqqani ham maʼlum emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика