1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina hujum strategiyasini o'zgartirmoqda

Endilikda Ukraina Qurolli Kuchlari oldinga siljishga emas, balki Rossiya armiyasini yo'q qilishga ko`proq e`tibor qaratmoqda.

Ukraina hujum strategiyasini o'zgartirmoqda

 

Ukraina Qurolli Kuchlari hujum strategiyasini o‘zgartirmoqda. Endi ukrainaliklar asosiy urg‘uni oldinga siljishga emas, balki Rossiya armiyasini yo‘q qilishga ko‘proq eʼtibor qaratmoqda. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.

 

"Birinchi vazifa - bu Rossiya armiyasining ishchi kuchi, uskunalari, yoqilg‘i omborlari, qo‘mondonlik punktlari, artilleriya va havo mudofaa kuchlarini maksimal darajada yo‘q qilish. Oxirgi kunlar ayniqsa samarali bo‘ldi. Endi qirg‘in urushi kilometrlik urushga teng. Ko‘proq rossiyalik harbiylar yo‘q qilindi, ko‘proq hududlar ozod qilindi", — deb yozgan Danilov Twitterda.

 

Unga so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Ukraina armiyasi "xotirjam, muvozanatli, bosqichma-bosqich" harakat qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика