1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadan 8 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Qaytarilgan fuqarolar jamiyatga samarali moslashishlari uchun ularga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

Rossiyadan 8 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy sharoitda qolib ketgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu insonparvarlik aksiyasi 30-iyuldan 30-avgustgacha davom etayotgan “Vatanga qaytarish” dasturi doirasida amalga oshirildi.

 

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida vatandoshlar uchun aviachiptalar xarid qilinib, ular 20-avgust kuni Uzbekistan Airwaysning Novosibirsk–Toshkent reysi orqali yurtiga olib kelindi.

 

Dasturning asosiy maqsadi chet davlatlarda og‘ir sharoitga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarishdir. Rejaga ko‘ra, dastlab Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Koreyadagi deportatsiya markazlarida bo‘lgan ayollar va bolalar qaytariladi.

 

Qaytarilgan fuqarolarni jamiyatga samarali moslashtirish uchun davlat tomonidan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda. Transport xarajatlari esa Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика