1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

YTH oqibatida bir kishi tan jarohati olgan.

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

23-avgust kuni soat 07:00 atrofida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sement tashishga mo‘ljallangan Howo rusumli yuk avtomobili rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomobiliga borib urilgan.

 

Zarba natijasida Cobalt ag‘darilib ketgan, yuk mashinasida esa yong‘in kelib chiqqan. Hodisa vaqtida Cobalt ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 10 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика