1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bu yil “Uzum sayli”ga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Festival doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, konferensiya va anjumanlar tashkil etildi.

Bu yil “Uzum sayli”ga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” festivali o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi — mamlakat turizm salohiyatini namoyish etish, uzum va vino mahsulotlarini jahon bozorida targ‘ib qilish hamda bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob navlarini keng ommalashtirishdir.

 

 

Festival doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, konferensiya va anjumanlar tashkil etildi. Madaniy qismda esa folklor jamoalari va estrada san’atkorlari chiqishlari, respublika ko‘rik-tanlovlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va kiyimlar ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Xorijiy sayyohlar uchun milliy taomlar alohida qiziqish uyg'otdi.

 

 

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 1 295 ta maskan faoliyat yuritmoqda. Ularda 12 348 xona va 30 972 o‘rin mavjud.

 

Shundan 51 ta mehmonxona, 76 ta dam olish zonasi, 1 015 ta oilaviy mehmon uyi, 109 ta xostel, 44 ta sanatoriy va sog‘lomlashtirish maskanlari hisoblanadi.

 

Shuningdek, viloyatda mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 172 ta turistik korxona faoliyat olib bormoqda.

 

 

2024-yilda Toshkent viloyatiga 460 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yilgi festivalda 500 ming nafardan ziyod mehmon ishtirok etdi.

 

Festival mehmonlarini qabul qilish uchun tuman hududida 100 dan ortiq joylashtirish maskanlari mavjud. Jumladan, 4 ta mehmonxona va dam olish maskani, 4 ta xostel, 3 ta sanatoriy va pansionat, 94 ta oilaviy mehmon uyi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика