Urushning to‘qqizinchi kunida Ukraina harbiy samolyot va vertolyotlarining katta qismini saqlab qoldi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi amaldoriga tayanib “Reuters” agentligi xabar berdi.
“Ukraina hozirga qadar o‘z havo kuchlarining katta qismini: samolyot, vertolyot va uchuvchisiz qurilmalarini, shuningdek, zenit tizimlarini saqlab qoldi”, – degan nomi sir qolishini istagan amaldor.
Shu bilan birga bu texnikalarning aniq soni keltirilmagan. Agent bu tizimlarning saqlab qolinishi ko‘pchilik ekspertlari hayron qoldirganini qayd etgan.
Pentagon maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi to‘qqiz kunda Ukraina, jumladan, aerodrom, radar va zenit-raketa tizimlariga qarata 500 dan ortiq raketa tashlagan. Uning samolyot va vertolyotlar soni bo‘yicha ustunligi ham saqlanib qolgan. Ammo shunga qaramay, ukrain osmonida to‘liq rus havo kuchlari to‘liq hukmronlik qilmayapti.
“Ukraina raketaari hali ham Rossiya samolyotlariga tahdid tug‘dira oladi. Uning samolyotlari safda qolishi esa – mamlakatning qatʼiyligi belgisi va aholi hamda harbiylari uchun maʼnaviy impuls beradi”,– deyiladi xabarda.
Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlaganini eʼlon qildi. Shu kungacha Berdyansk, Xerson kabi yirik shaharlar egallandi. Odessa va Mariupol hozirda qurshab olingan. Kiyev va Xarkov ostonalarida qonli janglar davom etmoqda. Urush ortidan Moskvaga qarshi G‘arb yangi sanksiyalar joriy etdi. Yevroittifoq va AQSH Rossiya samolyotlari uchun osmonini yopdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Moskvaga qarshi sanksidar bekor qilinishi shartini aytgandi.


