1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmdagi YTHda 2 yoshli bola halok bo‘ldi

Cobalt Nexia‘ni quvib o‘taman deb ayanchli avariyaga sabab bo‘lgan.

Xorazmdagi YTHda 2 yoshli bola halok bo‘ldi

Kecha, 17 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, soat 9:00 larda Yangiariq tumani “Angarik” MFY hududida Cobalt chap tomonga qayrilmoqchi bo‘lib turgan Nexia‘ni quvib o‘tishga uringanda, u bilan to‘qnashib ketgan.

 

So‘ng Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, trotuarda turgan 2023 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Bola voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB tergov guruhi dastlabki tergov-surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика