1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Britaniya Falastinni davlat sifatida tan olishga tayyorlanmoqda

Biroq Vashington bunga qatʼiy qarshi bo‘lishi mumkin.

Britaniya Falastinni davlat sifatida tan olishga tayyorlanmoqda

The Times‘ning xabar berishicha, Buyuk Britaniya Trampning qirollikka tashrifi yakunlanganidan so‘ng Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini maʼlum qiladi.

 

Manbalarga ko‘ra, bosh vazir masalani AQSH prezidenti ketguncha kechiktirishga qaror qilgan. Bu qadam Starmerning 18 sentyabrga belgilangan Tramp bilan qo‘shma matbuot anjumanida mavzunung asosiy bahsga aylanib qolishidan xavotirlangani bilan izohlanmoqda.

 

Reuters‘ning yozishicha, Vashington Falastinni rasman tan olishga qatʼiy qarshi. Londonning bu qarorini amalga oshirishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya qarorini BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan sessiyasi boshlanishidan oldin eʼlon qilishi kutilmoqda. Shu yig‘ilishda Fransiya, Kanada va Avstraliya ham Falastinni davlat sifatida tan olishi ehtimol qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика