1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 3 ta tuman hokimi ishdan olindi

Navbatdan tashqari sessiyalarda yangi hokimlar tayinlandi.

Samarqandda 3 ta tuman hokimi ishdan olindi

Bugun, 5-avgust kuni Samarqand viloyatining Payariq, Toyloq va Urgut tumanlarida navbatdan tashqari sessiyalar o‘tkazilib, ularda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. 

 

Xususan, I.Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

 

Shu paytgacha Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

 

Shuningdek, B.Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

 

Viloyat rahbari Raxmatullayev Bexzod Raxmatullayevich nomzodini Toyloq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

 

Bundan tashqari, Botir Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

 

Viloyat rahbari Sayidqulov Dilmurod Bastamovich nomzodini Urgut tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика