1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Samarqandda ayol besh oylik chaqalog'i bilan o‘lik holda topildi

06:26 / 06.01.2023

3.7k

Samarqandda ayol besh oylik chaqalog'i bilan o‘lik holda topildi

Samarqandda ayol besh oylik chaqalog'i bilan o‘lik holda topildi

Mazkur voqeadan biroz o‘tib oila boshlig‘i bo‘lgan erkakning murdasi ham osilgan holda aniqlangan.

 

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida ayanchli hodisa sodir bo‘ldi. Tumanning «Galaravot» mahallasida besh oylik go‘dak va uning onasining jasadi topildi. Bu haqda Zamon informatsion dasturida hikoya qilinadi. 

 

Biroz o‘tib oila boshlig‘i bo‘lgan erkakning murdasi ham osilgan holda aniqlangan. 

 

"Hodisaga guvoh bo‘lgan mahalla raisi Ixtiyor Rahmonqulovning aytishicha, ushbu oila namunali oilalardan biri bo‘lgan. Ota nega o‘z farzandi va ayolini o‘ldirgani nomaʼlumligicha qolmoqda", — deyiladi dasturda. 

 

Dastlabki tezkor maʼlumotlar hamda guvohlarning ko‘rsatuvlariga ko‘ra, A.A. turmush o‘rtog‘i M.A. bilan oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni qaychi bilan bo‘yin sohasiga 2 marta urib o‘ldirgan. So‘ngra beshikda yotgan 5 oylik farzandi P.M.ni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Keyin o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.

 

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi  “a” va «v» bandi bilan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика