Kattaqo‘rg‘on tumanida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda UzA axborot agentligi.
Qayd etilishicha, mazkur tumanda yashovchi 44 yoshli shaxs mahalliy fuqaroga Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6000 AQSH dollariga sotishga kelishib, so‘ralgan pul mablag‘ining 3000 dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


