Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi. Surishtiruv jarayonida avtobus haydovchisi aniqlanib, tekshirilganda, u avtobusni tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligi, shuningdek, transport vositasiga qo‘shimcha jihoz (ovoz kuchaytirgich) o‘rnatganligi aniqlandi.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Avvalroq, Toshkentdan “Tashmore”ga alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi va avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib svetafor va uyga borib urilgani haqida xabar bergandik.


