1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda tez yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Samarqandda tez yordam mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi

 

Bugun, 17-iyun kuni Samarqand shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahri Buyuk ipak yo‘li hamda Narpay ko‘chalari chorraxasida “Vaz-2106” hamda “Toyota” rusumli tez yordam mashinalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. To‘qnashuv vaqtida tez yordam mashinasi ichida bemorlar bo‘lmagan.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mashinalarga texnik shikast yetgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasida Neksiya haydovchisi piyodani urib yuborgandi. Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика