1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda YPX xodimi sabab 4 ta mashina YTHga uchradi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Samarqandda YPX xodimi sabab 4 ta mashina YTHga uchradi

Kecha, 9 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida YPX mashinasi va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 14:15 larda Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati batalyoni inspektori boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli xizmat avtotransport vositasida Damas rusumli avtotransport vositasining orqa tomoniga kelib urilgan.

 

Natijada Damas o‘zidan oldinda turgan Damas-2 hamda Lasetti avtotransportlari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Nexia-3 xizmat avtotransportida bo‘lgan patrul-post xizmati inspektori va Damas haydovchisiga tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, javob berilgan. YTHning barcha ishtirokchilari hushyor holatda bo‘lgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика