Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda 29 yoshli erkak itni avtomashinaga bog‘lab harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Ekologlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda ushbu huquqbuzarlikni 29 yoshli erkak sodir etganligini aniqlashdi.
Yigitga nisbatan MJtKning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga nisbatan BHMNing 3 baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarima belgilandi.


