Jozef Bayden Rossiyaning Ukraina sharqidagi DXR va LXR mustaqilligini tan olishi munosabati bilan sanksiyalar to‘g‘risida qaror imzoladi.
Bu haqda TASS xabar berdi.
Ushbu hujjatda amerikaliklarga Donbassga investitsiya va moliya manbalari kiritishini taqiqlab qo‘ydi. Shuningdek, bu ikki tan olinmagan hududiy birliklar bilan savdo qilish ham man etildi.
Bundan tashqari qaror prezident administratsiyasiga DXR va LXRda faoliyat olib borayotgan har qanday shaxsga sanksiya joriy etish huquqini bergan.
Hujjatda Rossiyaning ushbu ikki hudud suverenitetini tan olishini Ukraina hududiy yaxlitligiga tahdid siqatida baholangani va Moskvaning Minsk kelishuvlaridaga majburiyatlariga zid ekani aytilgan.
Shu bilan birga bu qadam Qo‘shma shtatlar milliy xavfzisligiga favqulodda xavf sifatida baholangan.
Maʼlumot o‘rnida: Putin 21 fevral kuni Rossiya xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirdi.
Unda DXR va LXR mustaqilligini tan olish masalasi ko‘rib chiqildi. Shundan keyin u Rossiya xalqiga murojaat qilib, bu ikki hudud suverenitetini tan olishini eʼlon qildi. Shu kunning o‘zidayoq DXR va LXR bilan do‘stlik va ittifoqchilikni ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi.
Bu RFga Ukraina sharqiga qo‘shin kiritish huquqini beradi.


