1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sankt-Peterburg yaqinida o‘zbekistonlik migrant pichoqlangan holda topildi

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar uni o‘g‘irlab, mashinada olib ketib, o‘rmonzorda pichoqlashgan.

Sankt-Peterburg yaqinida o‘zbekistonlik migrant pichoqlangan holda topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri atrofida joylashgan Lisiy Nos qishlog‘i hududidan pichoq bilan jarohatlangan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Mahalliy huquq-tartibot organlari xabariga ko‘ra, voqea 15-avgust kuni ertalab Finlyandiya ko‘rfazi qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan.

 

28 yoshli erkakning boshiga qop kiydirilgan bo‘lib, tanasida bir necha pichoq jarohatlari aniqlangan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u bir kun avval Sestroretsk shahrida noma’lum shaxslar tomonidan majburan mashinaga o‘tqazilgan, so‘ng kaltaklanib va pichoqlanib o‘rmonzor hududiga tashlab ketilgan.

 

Hozirda jabrlanuvchi tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari voqea bo‘yicha tergov-surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика