O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.


