1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olmaotada qolgan ona va uning ikki nafar farzandi O‘zbekistonga olib kelindi

Hozirda diplomatlar ko‘magi bilan ularga psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Olmaotada qolgan ona va uning ikki nafar farzandi O‘zbekistonga olib kelindi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshimiz G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida mamlakatimizga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ushbu insonparvarlik yordami O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha davom etayotgan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirildi.

 

Diplomatlar ona va farzandlarining Olmaota–Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov bilan mamlakatga qaytishini ta’minladi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakillari kutib oldi.

 

Hozirda ularga psixologik, moddiy va boshqa zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика