1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida oltinlarni jinsiy a’zosiga yashirib olib o'tmoqchi bo'lgan ikki ayol ushlandi

Hindistonga uchayotgan ayollar tanasidan 680 mln so‘mlik tilla quymalari topilgan.

Toshkent aeroportida oltinlarni jinsiy a’zosiga yashirib olib o'tmoqchi bo'lgan ikki ayol ushlandi

Toshkent Xalqaro Aeroportida Hindistonga uchmoqchi bo‘lgan ikki ayol yirik miqdordagi tilla quymalarini yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi. Bojxona xodimlari ularni “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va chegara bojxona posti hamkorligida kuzatuv ostiga olib, “CIP” uchish zalida to‘xtatib ko‘rikdan o‘tkazdi.

 

Shaxsiy ko‘rik davomida ayollarning jinsiy a’zolariga yashirilgan oltin quymalari topildi. Ulardan birida qiymati 490 million so‘mga teng 367 gramm oltin, ikkinchisida esa taxminan 190 million so‘mlik 140 gramm oltin borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Jami 680 million so‘mlik oltin quymalari aniqlangan mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика