1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Serbiya vaziri jonli efir paytida insultga uchradi

Sog‘liqni saqlash vaziri Glishichning ahvoli jiddiyligini bildirgan, prezident Vuchich kasalxonaga yetib borgan.

Serbiya vaziri jonli efir paytida insultga uchradi

Serbiya davlat investitsiyalari vaziri va Serbiya progressiv partiyasi ijroiya qo‘mitasi raisi Darko Glishich jonli efirda sog‘lig‘i yomonlashgani bois shifoxonaga olib ketildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Pink telekanalining ertalabki ko‘rsatuvi vaqtida sodir bo‘lgan. Ko‘rsatuv davomida Glishich hushyorligida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan — u gapira boshlaganida so‘zlari xira eshitilgan, yuzida esa assimetriya paydo bo‘lgan. Holat jonli efirda ro‘y bergani bois dastur darhol to‘xtatilgan.

 

Vazir zudlik bilan Serbiya klinik markaziga yetkazilgan. Serbiya sog‘liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonkar rasmiy bayonot bilan chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi: “U jonli efir paytida hushini yo‘qotdi va darhol shifoxonaga olib ketildi. Hozirda zarur diagnostika ishlari olib borilmoqda, terapiya boshlangan. Insultdan keyingi ilk soatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Barcha choralar ko‘rilmoqda, holati jiddiy, ammo tibbiyot xodimlari qo‘llaridan kelganini qilishmoqda.”

 

Ma’lum qilinishicha, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich voqeadan xabardor bo‘lishi bilan kasalxonaga shaxsan borgan.

 

Ma'lumotlarda Glishich Prezident Vuchichning eng yaqin va ishonchli hamkorlaridan biri sifatida ta’riflanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика