Joriy yil 15-may kuni kech soat 22:40 larda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi cho‘l massivida shamol elektrostansiyasi qurilishidagi yelim trubalar o‘g‘irlandi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu trubalarning 1 metri 1,2 mln so‘m bo‘lgan va ulardan jami 800 metr yelim turbalar yashirin ravishda talon-toroj qilingan. Natijada “OOO Teng Xing” kompaniyasiga 102 mln 176 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Surishtiruv davomida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi, 30 yoshli J.N. 70 yoshli tanishi bilan sodir etganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.