
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketgandi.
Davlatimiz rahbari bugun, 6-dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi "Otan korg‘aushilar" ("Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Monument markazida Vatan timsoli - ona tasvirlangan.

Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradilar.

Eslatib o‘taimz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxiriga qadar Qozog‘istonga borishi hamda Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro ayeroportda kutib olingani haqida xabar berilgandi.


