1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qohiraga jo‘nab ketdi

Oliy darajadagi muzokaralar “Al-Ittihodiya” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Qohiraga jo‘nab ketdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

 

Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

 

Davlat rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика