1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

Suhbatda O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish, eng avvalo, O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, kooperatsiya ko‘lami va aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Joriy yil yakuni bilan yurtimizga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 milliard dollarlik investitsiyalari jalb etilishi kutilmoqda.

 

“Yashil” energetika, sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik va suv taʼminoti, qishloq va uy-joy kommunal xo‘jaligi kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

 

Shu munosabat bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi qayd etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика