Bobur Abubakirov 1983-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015-yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.
Muqaddam Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlagan. 2019 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Shayxontohur tumaniga 2022 yil sentyabridan buyon hokimlik qilib kelgan Botir Zohidov joriy yil 23 sentyabrida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligiga o‘tkazilgandi.


