Sherzod Asadov “Euronews” rahbariyati bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda qo‘shma media loyihalar, O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda targ‘ib qilish va jurnalistlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sherzod Asadov “Euronews” rahbariyati bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun “Euronews” media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston va “Euronews” o‘rtasidagi media hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuv davomida mamlakatning ijobiy xalqaro imijini targ‘ib qilish, qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish hamda yirik voqea va tashabbuslarni jahon auditoriyasiga samarali yetkazish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, jurnalistlarning malakasini oshirish, axborot almashinuvi va professional treninglarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar yaqin kelajakda hamkorlikni yanada faollashtirib, O‘zbekistonda olib borilayotgan jadal islohotlar va xalqaro tashabbuslarni keng ommaga yetkazishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика