1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sud ayrim shaxslarning xorijga chiqishiga doir taqiqni kuchaytirdi

Yangi qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchilar va sudlanuvchilarning mamlakatdan chiqishi vaqtincha cheklanadi.

Sud ayrim shaxslarning xorijga chiqishiga doir taqiqni kuchaytirdi

15-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan ayrim shaxslarning xorijga chiqish huquqiga taqiq kuchaytirildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqqa olinmagan bo‘lsa-da, uning mamlakatdan chiqib ketishi va suddan bo‘yin tovlash ehtimoli mavjud bo‘lsa, xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklanadi.

 

Mazkur taqiqni qo‘llash yuzasidan prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi sudga iltimosnoma kiritadi. Sudya iltimosnomani yopiq majlisda 8 soat ichida ko‘rib chiqib, cheklov qo‘yish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

 

Qonunga ko‘ra, sud qarori ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика