1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya prezidenti Zelenskiyni mazxaraboz deb atadi

“U ayrim vaziyatlarda bizni biroz kuldirdi”, — deydi Bashar al-Asad.

Suriya prezidenti Zelenskiyni mazxaraboz deb atadi

 

Suriya prezidenti Bashar al-Asad Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni masxaraboz deb bilishini aytdi.

 

“Uning chiqishlari masxarabozniki kabidir”, — dedi Suriya Arab Respublikasi rahbari Solovyov Live telekanaliga bergan intervyusida.

 

“Men u haqida hech narsa bilmasdim. Biz uni masxarabozdek tinglay boshladik. Uning iqtiboslari masxaraboznikiga o‘xshaydi. Umuman olganda, uning siyosatda ham o‘zini komediyachi kabi tutishi bizga yoqdi. Baʼzan bizga bunday masxarabozlar kerak. Ayrim vaziyatlar bizni biroz kuldirdi”, — dedi Asad.

 

Avvalroq Suriya hukumati rahbari boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyurgani xabar qilingandi. Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика