Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi.
“Bugun Ukraina va Suriya diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi. Biz bu muhim qadamni olqishlaymiz va Suriya xalqini barqarorlik yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, - dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari suriyalik hamkasbi bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinganini taʼkidladi.
Bundan tashqari, prezidentlar “Ukraina va Suriya xavfsizligiga tahdidlar va ularga qarshi turishning ahamiyati” masalasiga ham to‘xtalgan.
Maʼlumot uchun, ikki mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 2022 yilda uzilgandi.


