Tailand hukumati Kambodja bilan chegaradosh hududlarda keskinlashgan to‘qnashuvlar sababli qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida komendantlik soatini joriy qildi.
Reuterts xabariga ko‘ra, yakshanba kuni bahsli chegara hududlarida yuz berayotgan jangovar harakatlarning qirg‘oqbo‘yi hududlariga tarqalishi ortidan mamlakatning janubi-sharqidagi Trat provinsiyasida komendantlik soati kuchga kirdi.
Tailand Mudofaa vazirligi vakili, kontr-admiral Surasant Kongsiri Bangkokda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kambodja shanba kuni sulhga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaganiga qaramay, to‘qnashuvlar davom etayotganini maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Tailand tomoni diplomatik yo‘l bilan muammoni hal etishga tayyor, biroq buning uchun Kambodja avvalo dushmanona harakatlarni to‘xtatishi lozim.
Maʼlumotlarga ko‘ra, komendantlik soati Kambodjaning Koh Kong provinsiyasi bilan chegaradosh Trat viloyatining beshta tumanini qamrab olgan. Avvalroq sharqiy Sa Kaeo provinsiyasida ham komendantlik soati joriy etilgan bo‘lib, u hozirga qadar amal qilmoqda.


