1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Telefoningiz imkoniyatlaridan o‘ylaganingizdek foydalana olmaysiz

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, smartfon foydalanuvchilarining aksariyati mavjud bo‘lgan funksiyalarning 92 % dan foydalana olmaydi.

Telefoningiz imkoniyatlaridan o‘ylaganingizdek foydalana olmaysiz

 

Bu esa qo‘lingizdagi "Aqlli telefon"ning atigi 8% imkoniyatidan foydalana olishingizni anglatadi.

 

Barcha funksiyalarga birma-bir to‘xtalish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Shu sabab, bugun telefonlardagi kameralar sonining sifatga taʼsiri haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

Aytib o‘tish kerakki, barcha telefonlarda, rusumiga qarab, kameralar soni va ularning imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Biz hozir umumiy tushuncha to‘g‘risida gaplashamiz.

 

Telefonga o‘rnatiladigan 3-4 talab kameralar nega kerakligini bilasizmi? Shu kameralarning barchasidan foydalanyapman, deb o‘ylaysizmi?

 

Aksariyat foydalanuvchilar telefonning faqatgina bitta kamerasi ishlaydi, qolganlari esa shunchaki ko‘rinish uchun, deb o‘ylaydi. Bu esa xato fikr. Smartfonlarda barcha kameraning o‘z vazifasi bor. Faqatgina imkoniyatlardan foydalana olishmaydi.

 

4 ta kamerali, o‘rtameyona smartfonni misol qilib olsak. Asosiy kamera odatda 12 yoki 16mp(Mega pixel) bo‘ladi. Qolganlari esa telefon imkoniyatidan kelib chiqib 48/64/108mp bo‘lishi mumkin. Oddiy odam shunchaki kameraga kirib, rasmga olganda avtomatik ravishda 12mp dan foydalanadi, chunki 12mp eng yaxshi parametrlarda manzarani suratga oladi.

Ko‘pchilik telefonimning kamerasi 64mpli, demak tiniq oladi, deb o‘ylaydi. Lekin bu to‘g‘ri mulohaza emas. 64mpli kameralarning linzasi katta bo‘ladi, shuning evaziga ko‘p nur qabul qiladi. Bu esa faqatgina katta masshtabli maydonlardagina qo‘l keladi. Instagram‘ uchun bu hajmdagi kamera to‘g‘ri tanlov emas.

Suratga tushishni sevadigan insonlarning aksariyati “Portraid” funksiyasidan foydalanadi. Maʼlumot uchun, bu shakl fokusdagi obyektni tiniq olib, atrofni xiraroq, yaʼni “blur” shaklida suratga olishga moslashtirilgan.Bu dastur ishlashi uchun suratga olish jarayonida ikkita kamera teng ishlaydi. Birinchisi obyektni fokusga oladi, ikkinchisi esa orqa fonni aniqlab, obyektdan ajratadi.

 

Shuningdek, tasvirga olish muhitiga qarab, kamera rakurslari o‘zgartiriladi. Bu esa yana alohida mavzu.

 

Maftuna Rejabboyeva 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика