1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonda 34 ofitser harbiy qismdan qochib ketdi

Bu harbiy qismlardagi og‘ir sharoitlar bilan izohlangan.

Tojikistonda 34 ofitser harbiy qismdan qochib ketdi

Tojikistonda 2024 yil davomida 34 nafar ofitser o‘z xizmat joylaridan qochib ketgan. Bu haqida mamlakatning inson huquqlari bo‘yicha vakili Umid Bobozoda o‘zining yillik hisobotida maʼlum qilgan.

 

Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan yilda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jami 107 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 30 nafar yosh jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shu bilan birga, 34 ofitser dezertirlik qilgan, yana 28 kishi xizmat joyini ruxsatsiz tark etgan hollar aniqlangan.

 

Ombudsmanning taʼkidlashicha, bu holatlar harbiy qismlardagi og‘ir sharoitlar, xizmatdagi zo‘ravonlik va qo‘pol muomala kabi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hollarda xizmat paytidagi shikastlanish yoki o‘lim holatlari ham yoshlarni harbiy xizmatdan qochishga undamoqda.

 

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, ammo dezertirlik qilgan ofitserlarga nisbatan aniq jazo choralari haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика