1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp va Netanyahu telefon orqali suhbatlashdi

Netanyahu suhbat chog‘ida Trampga qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan.

Tramp va Netanyahu telefon orqali suhbatlashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqida The Times of Israel nashri xabar berdi.

 

Isroil bosh vaziri idorasining maʼlum qilishicha, suhbat davomida Netanyahu Trampni Isroil parlamenti — Knessetda nutq so‘zlashga taklif qilgan.

 

Rasmiy bayonotda taʼkidlanishicha, ikki rahbar “juda iliq va hissiyotli” muloqot o‘tkazgan hamda bir-birlarini “barcha asirlarni ozod etish bo‘yicha tarixiy kelishuv” imzolangani bilan tabriklashgan.

 

Netanyahu suhbat chog‘ida Trampga Isroilga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi va global yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirgan. Tramp esa o‘z navbatida Netanyahuni uning qatʼiy siyosati va amalga oshirgan choralari uchun maqtagan.

 

Bosh vazir Netanyahu HAMAS bilan tuzilgan kelishuvni “diplomatik muvaffaqiyat va Isroilning milliy g‘alabasi” deb atagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика