1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azodagi urushga yakun yasovchi kelishuvning dastlabki bosqichi tasdiqlandi

Qatar, Turkiya va Misr vositachiligida Isroil va HAMAS tinchlik kelishuvining dastlabki bosqichida kelishuvga erishdi.

G‘azodagi urushga yakun yasovchi kelishuvning dastlabki bosqichi tasdiqlandi

Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansori ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichini amalga oshirish mexanizmlari to‘liq kelishib olindi.

 

HAMAS bayonotida imzolangan hujjat “G‘azodagi urushga yakun yasashi” ta’kidlangan. Harakat, shuningdek, vositachilik qilgan Turkiya, Qatar va Misr hukumatlariga tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

 

G‘azo aholisi esa harbiy harakatlar to‘xtatilganini quvonch bilan kutib olib, tinchlikni nishonlash uchun ko‘chalarga chiqqani xabar qilinmoqda.

 

O‘z navbatida, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Trampga kelishuvga erishishdagi yordam uchun minnatdorlik izhor etdi. U 9-oktabr kuni hukumat yig‘ilishini o‘tkazib, hujjatni rasmiy ratifikatsiya qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

 

AQSh Prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik rejasi doirasida birinchi bosqichda garovdagilar ozod qilinadi, Isroil esa qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqacha olib chiqadi. “Bu adolatli va abadiy tinchlik sari tashlangan ilk qadamdir,” — dedi Tramp.

 

Al Mayadeen manbalarining xabar berishicha, HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvni ma’qullagan. Rasman imzolash marosimi payshanba kuni Misrda bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика