Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida elektrosamokat, elektroskuter va shunga o‘xshash shaxsiy transport vositalaridan foydalanish 2030-yilgacha vaqtincha cheklab qo‘yildi. Qaror shahar Xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilingan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu choralar shahar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, tartibsiz harakatlarni kamaytirish va piyodalar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida joriy etilgan. So‘nggi yillarda elektrosamokatlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni ortgani, bu esa haydovchilar hamda piyodalarga xavf tug‘dirgani ta’kidlanmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, elektrosamokat va skuterlardan faqat maxsus ajratilgan hududlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Cheklovlar zarur xavfsizlik infratuzilmasi shakllantirilgunga qadar amal qiladi.
Shahar ma’muriyati ota-onalarga murojaat qilib, voyaga yetmagan bolalarning bu vositalardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikni, taqiqlangan joylarda harakatlanmaslikni qat’iy tavsiya etmoqda.


