Ekvador prezidenti Daniel Noboaning kortejiga nomaʼlum shaxslar hujum qildi. Bu haqida AFP axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea mamlakatning markaziy qismidagi Kanyar provinsiyasida sodir bo‘lgan. Prezident harakatlanayotgan paytda yuzlab odamlar uning kortejini o‘rab olib, tosh va g‘ishtlar otgan hamda o‘qotar qurollardan foydalangan.
Ekvador atrof-muhit vaziri Ines Mansano maʼlum qilishicha, taxminan 500 kishi kortejga hujum qilgan va prezident avtomobilida o‘q izlari aniq ko‘ringan. Voqeadan keyin besh nafar kishi qo‘lga olingan, prezidentning o‘zi esa jabrlanmagan.
Hujum bilan bog‘liq shaxslar “terrorizm va suiqasdga urinish” moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
AFP‘ning qayd etishicha, hozirda Ekvadorda dizel yoqilg‘isi narxining oshirilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat bu tartibsizliklar ortida narkokartellar turganini aymoqda.


