Afg‘oniston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, “Tolibon” harakati rahbariyati mamlakatdan chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda mahalliy “AFG Times” nashri ma’lumot bergan.
Xabarlarga qaraganda, AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi bayonotlaridan keyin vaziyat keskinlashgan. Trampning “Tolibon”ni Bagram havo bazasini Vashingtonga topshirishga majburlashga uringani, bunga rad javobi olingach, u harakat yetakchilarini qattiq ogohlantirgani aytilmoqda.
Manbalarda qayd etilishicha, “Tolibon” oliy rahnamosi Heybatulloh Oxundzoda so‘nggi kunlarda o‘z qarorgohidan g‘oyib bo‘lgan va uning qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda. Shuningdek, harakatning boshqa yuqori lavozimli a’zolari ham mamlakatdan chiqish bo‘yicha Rossiya, Eron va Pokiston bilan viza masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Tahlilchilarning fikricha, bu jarayon AQShning ehtimoliy harbiy zarbalari fonida yuzaga kelgan bo‘lib, “Tolibon” rahbariyati o‘z xavfsizligini kafolatlash yo‘lini izlamoqda.


