1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent dengizi sohilidan 300 kg chiqindi yig‘ildi

Bu galgi ploggingda 50 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi.

Toshkent dengizi sohilidan 300 kg chiqindi yig‘ildi

Toshkent dengizi sohili bo‘ylaridan 300 kg dan ortiq chiqindi yig‘ildi. Ushbu xayrli ish Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqdisodiyotni rivojlantirtish agentligi tomonidan tashkil etilgan plogging tadbirida amalga oshirildi.

 

Bu galgi ploggingda 50 dan ortiq “Osiyo Taraqqiyot banki” xodimlari faol ishtirok etdi.

 

“Atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish — kichik, lekin doimiy harakatlardan boshlanadigan kundalik masʼuliyat aslida. Guvohi bo‘lyapmiz, O‘zbekistonda ham ekologik harakatlar tobora kuchayib bormoqda va bu harakatlar global o‘zgarishlarga hissa qo‘shishi bilan muhim sanaladi. Bugungi plogging orqali biz ham yana-da toza va sog‘lom sayyora uchun g‘amxo‘rlik qilyapmiz. Agentlikning chiqindilarni boshqarishda barqaror amaliyotlarni ilgari surishdagi yetakchiligi O‘zbekiston uchun yana-da yashil kelajakni shakllantirishga xizmat qilmoqda”, – deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya xonim.

 

Shuningdek, tozalik tadbiri ishtirokchilari tomonidan "har bir yig‘ilgan chiqindi — bu tabiatni asrash, uni muhofaza qilish va kelajak avlodga toza, sog‘lom sayyora qolishiga hissa qo‘shishdagi qadamligi" alohida taʼkidlandi.

 

Maʼlumot uchun: Osiyo Taraqqiyot bankiga 69 ta davlat aʼzo bo‘lgan. O‘zbekiston bilan 1996 yildan buyon hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birgalikda hozirgacha 117 ta loyiha amalga oshirilgan. Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti uchun 14,6 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya mablag‘lari ajratilgan. Loyihalarning barchasida ekologik va gender tenglik hamda “yashil iqtisodiyot” mezonlariga ustunlik talab etiladi. Bu esa o‘zaro hamkorlik mustahkamligi va umumiy taraqqiyot maqsadlar yakdilligining isbotidir.

 

Shuningdek, eko-tadbir doirasida soha xodimlari uchun o‘zaro malaka oshirish amaliy seminarlari ham tashkil etildi. Jarayonlar nafaqat infratuzilma va xizmat sifati yaxshilanishi, qolaversa sohada jamoa bilan hamjihatlik, umumiy masʼuliyatning kelgusi rivoji yo‘lida xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика