1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida qadimiy ibodatxona topildi

U V-VIII asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.

Toshkent viloyatida qadimiy ibodatxona topildi

Toshkent viloyatidagi Qanqa yodgorligida olib borilayotgan ekspeditsiya davomida V-VIII asrlarga tegishli ibodatxona va harbiy anjomlar topildi. Bu haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Tarix instituti Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Qanqa yodgorligini “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga tayyorlash bo‘yicha izlanishlarni olib bormoqda.

 

Institutning “Harbiy tarix markazi” va “Qadimgi dunyo tarixi” bo‘limlari xodimlaridan iborat guruh tomonidan olib borilayotgan bu yilgi izlanishlar davomida yodgorlik arki quyi maydonchasida joylashgan V-VIII asrlarga tegishli ibodatxonani o‘rganish jarayonida metalldan ishlangan sovut bo‘laklari topilgan.

 

“Qadimda jamiyat madaniy hayotida муҳим o‘rin tutuvchi ibodatxonaga har bir kishining o‘zi tayyorlagan eng yaxshi mahsuloti, buyumini sovg‘a qilish anʼanasi bo‘lgan. Jangchi sovuti ham qurolchi usta tomonidan xuddi shu maqsadda ibodatxonaga topshirilgan bo‘lishi mumkin. Keksa Turonda bu kabi anʼanalar ko‘p uchraydi. Misol o‘laroq, Boykend ibodatxonasi qazuv ishlari davomida topilgan harbiy anjomlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.

 

Qanqa ibodatxonasida bu kabi harbiy anjomlarning saqlanishi ayniqsa муҳим o‘rin tutadi. Zero Qanqa ibodatxonasi tarixi turkiy xalqlarning harbiylikka yo‘g‘rilgan turmushi bilan chambarchas bog‘langan. 2021 yili boshlangan qazuv ishlari davomida ibodatxonaga kirish qismida ot anjomlari topilgan bo‘lsa, bu yil topilgan sovut turkiy xalqlarning harbiy sohaga kuchli eʼtibor berganlarini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика